Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gvardiola "Arsenal"ning kvadrupl qayd etish imkoniyatlariga baho berdi

Gvardiola "Arsenal"ning kvadrupl qayd etish imkoniyatlariga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya Liga kubogi finali oldidan «Arsenal»ning «kvadrupl» (bir mavsumda to‘rtta sovrin) qayd etish imkoniyatlarini baholadi.

Londonliklar mavsum yakuniga ko‘ra to‘rtta sovrin uchun kurashni davom ettirishmoqda. Mikel Arteta shogirdlari APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Chempionlar ligasining 1/4 finaliga yo‘l olishgan va Angliya Kubogi chorak finalida ishtirok etishadi.

«Ular to‘rtta titul uchun kurashmoqda. Men ham «kvadrupl» qayd etganman, faqat ichki emas (bir mamlakat doirasida emas). Bilaman, bu unchalik nufuzli tuyulmas va ba’zilar buni tan olmaslikka harakat qilar, lekin biz buni uddalaganmiz.

Bu yerda g‘ayrioddiy narsa yo‘q — o‘yindan o‘yinga harakat qilish kerak, g‘alabalar esa o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuqori darajada ushlab turishga yordam beradi. Har qanday narsaning iloji bor», — dedi Pep.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola «Barselona»da bir yilda 6 va 5 ta, «Bavariya»da esa 5 ta sovrin yutgan. «Manchester Siti» bilan 2023 yilda u Angliya chempionati va kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan, biroq Liga kubogining 1/4 finalida to‘xtagan va Angliya Superkubogida mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 13:49, 21.03.2026.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик