Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Manchester Yunayted" hakamlik ustidan rasmiy shikoyat tayyorlamoqda

"Manchester Yunayted" hakamlik ustidan rasmiy shikoyat tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi mahalliy hakamlik tashkiloti (PGMOL) va uning rahbari Xovard Uebb ustidan rasmiy shikoyat topshirish niyatida. Bunga chempionatning 31-turi doirasidagi «Bornmut»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yindagi bahsli hakamlik qarorlari sabab bo‘lgan.

Klub rahbariyati uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Amad Diallo jarima maydonchasi ichida yiqitilganiga qaramay, «Bornmut» darvozasiga penalti belgilanmaganidan g‘azabda. VAR tizimi ushbu vaziyatga aralashmadi va ko‘p o‘tmay «Bornmut» hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga o‘xshash vaziyatda Xarri Maguayrning maydondan chetlatilishi va raqib foydasiga penalti belgilanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Avvalroq jamoa murabbiyi Maykl Karrik hakamning qarorlarini «tushunarsiz» va «aqldan ozgan» deb atagan edi.

Shuningdek, «MYU» o‘yinga nega 9 daqiqa vaqt qo‘shib berilgani yuzasidan ham javob olmoqchi.

Kiritildi: 17:27, 21.03.2026.
O'qildi: 1467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик