"Liverpul"ning sobiq sardori Stiven Jerrard jamoaning yomon o‘yiniga munosabat bildirdi - "qizillar" safarda "Brayton"ga 1:2 hisobida yutqazishdi.
"Menimcha, "Brayton" ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ular uchrashuvni kuchli boshladilar - g‘ayrat va yuqori temp bilan o‘ynashdi.
Ular bugun uch ochkoga loyiq edilar. "Liverpul" o‘yindan oldin Muhammad Salohni yo‘qotdi - bu katta zarba bo‘ldi va keyin Ugo Ekitikening erta jarohati - yana bir jiddiy zarba.
"Liverpul" juda ko‘p tezlikni yo‘qotdi", dedi Jerrard.













