Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Liga 1. «PSJ» bir kishi kam bo‘lib qolgan «Nissa»ni tor-mor keltirdi (videosharh)

Liga 1. «PSJ» bir kishi kam bo‘lib qolgan «Nissa»ni tor-mor keltirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionati 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Nissa» o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qildi. "Alyans Rivyera" stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlarning 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalarida parijliklar oldinga chiqib olishdi — 42-daqiqada himoyachi Nunu Mendesh hisobni ochdi. Tanaffusdan so‘ng 49-daqiqada Dezire Due ustunlikni ikki baravarga oshirdi.

Uchrashuvning burilish nuqtasi 61-daqiqada ro‘y berdi: «Nissa» himoyachisi Yussuf Ndayishimiye to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Shundan so‘ng «PSJ» ustunligini yanada oshirdi — 81-daqiqada Dro Fernandes uchinchi golni urdi, 85-daqiqada esa Uorren Zair-Emeri yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mehmonlar darvozaboni Matvey Safonov butun o‘yin davomida ishonchli harakat qilib, o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «PSJ» 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. «Nissa» esa 27 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Fransiya — Liga 1, 27-tur
21 mart 2026 yil. Nissa. "Alyans Rivyera"
«Nissa» — «PSJ» 0:4
Gollar: 0:1 — Nunu Mendesh (42), 0:2 — Dezire Due (49), 0:3 — Dro Fernandes (81), 0:4 — Uorren Zair-Emeri (85)
Chetlatish: Yussuf Ndayishimiye (61, qizil kartochka)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:47, 22.03.2026.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик