Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Allegri Fyullkrugga nima yetishmayotganini aytdi

Allegri Fyullkrugga nima yetishmayotganini aytdi

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan Massimiliano Allegri markaziy hujumchi Niklas Fyullkrugning hozirgi sport formasi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Doimiy o‘yin amaliyoti bo‘lmaganda, jismoniy holat pand beradi. U uchun birinchi bo‘lim qiyin kechdi, ammo tanaffusdan keyin u ancha yaxshi ko‘rindi. Unga barqarorlik kerak», — dedi Allegri «Torino» bilan o‘yindan so‘ng.

Avvalroq, germaniyalik forvard yozda «Milan»ni tark etishi haqida xabar berilgan edi — klub rahbariyati «Vest Xem»dan ijaraga olingan Fyullkrugning transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmayapti.

Joriy mavsumda 33 yoshli hujumchi «rossonerilar» libosida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 14:45, 22.03.2026.
O'qildi: 546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик