Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Ferran Torres asosiy tarkibga qaytadi

Ferran Torres asosiy tarkibga qaytadi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing bo‘lajak «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinida hujumchi Ferran Torresni asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda.

26 yoshli futbolchi chempionatning «Sevilya»ga qarshi o‘tgan bahsini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan edi, Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl» bilan uchrashuvlarda esa zaxiradan maydonga tushdi. Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi yakshanba kungi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi — u dam beriladigan Robert Levandovskining o‘rnini egallaydi.

«Barselona» va «Rayo Valyekano» o‘rtasidagi to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Ferran Torres yanvar oyi oxiridan beri gol ura olmayapti — ispaniyalik futbolchining golsiz seriyasi barcha turnirlarda o‘nta o‘yinga yetdi.

Kiritildi: 14:47, 22.03.2026.
O'qildi: 761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик