Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Flik Madrid derbisini ko‘radimi?

Flik Madrid derbisini ko‘radimi?

Baho:
+ | -

«Barselona» yakshanba kuni o‘z maydonida chempionat doirasida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Shu kuni kech oqshomda «Real» va «Atletiko» o‘rtasida Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi. «Ko‘k-anorranglilar» ustozi Xans-Diter Flikdan derbini tomosha qilish-qilmasligi haqida so‘rashdi.

«Madrid derbisini ko‘rishimga ishonchim komil emas. Biz uchun asosiysi — «Rayo Valyekano»ni mag‘lub etish. Bu oson o‘yin bo‘lmaydi. O‘z muxlislarimiz qarshisida g‘alaba qozonish muhim. Derbi bizga bog‘liq emas — u yerda nima bo‘lishini keyin ko‘rib olamiz», — dedi Flik jurnalistlarga.

«Barselona» La Ligada «Real»dan to‘rt ochko oldinda borgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 14:50, 22.03.2026.
O'qildi: 836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик