Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Abramovich davri sog‘inchi: «Chelsi»ning statistik ko‘rsatkichlari keskin yomonlashdi

Abramovich davri sog‘inchi: «Chelsi»ning statistik ko‘rsatkichlari keskin yomonlashdi

Baho:
+2 | -

Londonning «Chelsi» klubi Todd Bouli kelganidan beri o‘tgan to‘rt mavsum davomida APLda hali biror marta 70 ochkolik dovondan o‘ta olmadi. Joriy mavsumda ham London jamoasi ushbu ko‘rsatkichga erisha olmaydi.

Klubning avvalgi xo‘jayini Roman Abramovich davrida bunday uzoq davom etgan seriyalar kuzatilmagan edi. Ketma-ket ikki mavsum davomida 70 ochkodan kam jamg‘arilgan holat faqat bir marta — 2019/20 va 2020/21 yilgi mavsumlarda qayd etilgan.

Abramovichning «Chelsi»dagi 19 yillik faoliyati davomida klub faqat to‘rt marta mavsumni 70 ochkodan kam jamg‘argan holda yakunlagan.

«Chelsi»da oxirgi marta ketma-ket to‘rt mavsum davomida 70 ochkodan past ko‘rsatkich qayd etilishi Abramovich kelishidan oldin — 1999–2003 yillarda kuzatilgan edi.

Kiritildi: 16:05, 22.03.2026.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик