Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

“Hozirda hech bir klub Holandni sotib olishga qodir emas” — Ramon Alvares

“Hozirda hech bir klub Holandni sotib olishga qodir emas” — Ramon Alvares

Baho:
+ | -

Norvegiyalik hujumchi Erling Holandning “Manchester Siti”ni tark etishi borasidagi mish-mishlar tobora jiddiy tus olmoqda. Xabarlarga ko‘ra, klub ustozi Xosep Gvardiola jamoani tark etgan taqdirda, norvegiyalik hujumchi faoliyatida yangi sahifa ochish haqida jiddiy bosh qotirib ko‘rishi mumkin.

Biroq jurnalist Ramon Alvaresning ta’kidlashicha, xohishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ayni damda Yevropaning hech bir klubi norvegiyalik forvardni sotib olishga moliyaviy jihatdan qodir emas. Xususan, tarkibida Vinisius Junior va Kilian Mbappe kabi o‘yinchilar bo‘lgan Madridning “Real” klubi uchun Holandning maosh borasidagi talablarini qondirish o‘ta mushkul vazifa hisoblanadi. Yana bir potensial da’vogar — “Barselona” esa bunday yirik transfer summasini to‘lay olishi dargumon. Shu bois Erling yaqin yillar ichida “Manchester Siti”ni tark etmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum 25 yoshli futbolchi “Manchester Siti” libosida jami 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 30 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2034 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:55, 22.03.2026.
O'qildi: 2102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик