Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Tottenxem» o‘z tarixidagi eng sharmandali antirekordni yangiladi

«Tottenxem» o‘z tarixidagi eng sharmandali antirekordni yangiladi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasida «Nottingem Forest»ga (0:3) imkoniyatni boy berib, o‘z tarixidagi g‘alabasiz o‘yinlar soni bo‘yicha antirekordni yangiladi. Uchrashuv Londondagi «Tottenxem Xotspur» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Squawka nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, jamoaning bundan oldingi eng yomon seriyasi 91 yil avval qayd etilgan edi. «Shporlar» chempionat doirasida 2025 yilning 28 dekabridan beri g‘alaba nimaligini bilishmayapti — o‘shanda 18-turda «Kristal Pelas» mag‘lub etilgandi (1:0).

Hozirda «Tottenxem» Angliya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Igor Tudor shogirdlari 31 o‘yinda 30 ochko jamg‘arishgan. «Nottingem Forest» esa ushbu g‘alaba evaziga londonliklardan ikki ochkoga o‘zib ketdi. Ayni damda «Tottenxem»ni xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasidan) atigi bir ochko ajratib turibdi.

Kiritildi: 23:19, 22.03.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик