Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

"Real" argument topdi va Valverdening chetlatilishiga apellyasiya beradi

"Real" argument topdi va Valverdening chetlatilishiga apellyasiya beradi

Baho:
+ | -1

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde «Atletiko»ga qarshi kechgan derbida (3:2) maydondan chetlatilgan edi. Urugvaylik futbolchi Aleks Baenaning oyoqlariga zarba bergani uchun o‘qizil kartochka oldi.

Marca nashrining xabar berishicha, «Real» Valverdening chetlatilishi yuzasidan apellyasiya beradi. Madridliklarning argumenti shundan iboratki, agar ushbu vaziyatda Valverde emas, balki boshqa futbolchi ishtirok etganida, qizil kartochka ko‘rsatilmagan bo‘lardi. «Qaymoqranglilar»ning fikricha, Federikoning maydondan haydalishi uning Baena bilan bo‘lgan eski mojarosiga bog‘liq.

Bir necha yil oldin o‘yindan so‘ng Valverde Baenani to‘xtash joyida (parkovkada) kutib turib, unga zarba bergan edi. Federiko bu ishni raqibining maydonda uning oilasi sha’niga aytgan so‘zlari tufayli amalga oshirgan. O‘shanda bu voqea haqida OAVda keng yozilgan edi.

Kiritildi: 18:00, 23.03.2026.
O'qildi: 1948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик