Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Doston Hamdamov: «Maqsadim — Jahon chempionatiga borish»

Doston Hamdamov: «Maqsadim — Jahon chempionatiga borish»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining mashg‘ulotlari boshlandi. Uzoq tanaffusdan so‘ng terma jamoaga qaytgan «Paxtakor» yarim himoyachisi Doston Hamdamov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ancha yil pauza bo‘lib qolgandi»

— Milliy jamoa safiga qaytganimdan juda xursandman. To‘g‘risini aytsam, ancha vaqtdan beri chaqirilmayotgandim, orada katta pauza bo‘lib qoldi. Hozirda Fabio Kannavaro menga imkoniyat bermoqda va men bu ishonchni oqlashga harakat qilaman. Asosiy maqsadim — jamoa bilan birgalikda Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va mundialga borish.

Raqiblar haqida: Gabon va Venesuela

— Oldinda bizni FIFA Series turniri doirasida jiddiy bahslar kutmoqda. Gabon bo‘ladimi yoki Venesuela — har ikki jamoa ham yuqori darajadagi raqiblar hisoblanadi. Yaqin kunlar ichida murabbiylar shtabi bilan birgalikda ularning o‘yin uslubini sinchiklab tahlil qilamiz va maydonga tayyor bo‘lib tushamiz.

Kannavaro bilan suhbat

— Yangi bosh murabbiy bilan hozircha alohida, shaxsiy suhbat bo‘lgani yo‘q. Ehtimol, yaqin vaqt ichida bunday muloqot bo‘lib qolar. Hozir bor e’tiborimiz umumiy mashg‘ulotlarga va jamoaviy o‘yinni shakllantirishga qaratilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:31, 23.03.2026.
O'qildi: 1295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик