Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Flik rahbariyatga Kanselu bo‘yicha qarorini aytdi

Flik rahbariyatga Kanselu bo‘yicha qarorini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Joau Kanseluning jamoada qolishini xohlaydi. Yanvar oyida kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan ijaraga olishgan edi.

Biroq Diario SPORT nashrining ta’kidlashicha, «Barselona» 31 yoshli Kanseluni sotib olish niyatida emas. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini faqatgina u «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qilsa va maoshining kamaytirilishiga rozi bo‘lsagina o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Qayd etilishicha, agar barcha shartlar bajarilsa, «Barselona» Kanseluga ikki yillik shartnoma taklif qiladi. Aks holda, klub e’tiborini boshqa nomzodlarga qaratadi.

Joriy mavsumda Kanselu «Barselona» safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:20, 24.03.2026.
O'qildi: 3225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик