Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal seshanba kuni Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. 18 yoshli futbolchining sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘q — shunchaki «qizil furiya» murabbiylar shtabi shu yo‘l bilan Yamalning jismoniy yuklamalarini nazorat qilmoqda.

Shu oyda Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Ispaniya terma jamoasi ikkita uchrashuv o‘tkazadi — Serbiya (27 mart) va Misr (31 mart) terma jamoalariga qarshi.

Ma’lumki, Ispaniya terma jamoasi 27 mart kuni Argentinaga qarshi maydonga tushishi kerak edi, biroq Finalissima bekor qilindi. Mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli Qatarda o‘yin o‘tkazish imkoni bo‘lmagach, tomonlar uchrashuvni boshqa joyda tashkil etish bo‘yicha kelisha olishmadi.

Lamin Yamal 2025/2026 yilgi mavsumda «Barselona» safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi 21 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:20, 24.03.2026.
O'qildi: 272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик