«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya joriy mavsumdagi o‘z o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Men o‘yinning har bir soniyasida seyvlar amalga oshirishga harakat qilaman. Ba’zan bu uddasidan chiqaman, ba’zan esa yo‘q, lekin hozirda o‘zimni juda ishonchli his qilyapman va yaxshi sport formasidaman. Seyvlarim jamoaning g‘alaba qozonishiga yordam berayotganidan xursandman. Darvozabon hal qiluvchi pallalarda o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltirmoqda Barça Universal.
Ushbu mavsumda 24 yoshli Garsiya barcha musobaqalarda jami 36 ta o‘yinda ishtirok etdi, 35 ta gol o‘tkazib yubordi va 15 bor o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
4 aprel kuni Ispaniya La Ligasining 30-turi doirasida «Barselona» safarda Madridning «Atletiko» jamoasi bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.













