Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kanseluning «Barsa»da qolishi Kasadoning qaroriga bog‘liq bo‘lishi mumkin

Kanseluning «Barsa»da qolishi Kasadoning qaroriga bog‘liq bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado qanot himoyachisi Joau Kanseluning «Al-Hilol»dan Kataloniya klubiga to‘liq o‘tish jarayonida asosiy figuraga aylanishi mumkin. Saudiya jamoasi 22 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini hamon saqlab qolmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» qishda «Al-Hilol»dan ijaraga olingan Kanselu agar hozirgi o‘yin darajasini namoyish etishda davom etsa, uni doimiy asosda sotib olishga tayyor. Portugaliyalik futbolchining o‘zi ham «blaugrana» safida qolishni istamoqda. «Barselona» Kasadoni 20 mln yevroga baholamoqda, «Al-Hilol» esa Kanseluni 15 mln yevroga sotishi mumkin.

Joriy mavsumda Kasado barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Kanselu esa «ko‘k-anorranglilar» safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 14:30, 25.03.2026.
O'qildi: 389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик