Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabinyo: «Neymar — Braziliyaning eng iqtidorli futbolchisi, u JCH-2026 ga borishi shart»

Fabinyo: «Neymar — Braziliyaning eng iqtidorli futbolchisi, u JCH-2026 ga borishi shart»

Baho:
+ | -

«Al-Ittihod»ning braziliyalik yarim himoyachisi Fabinyo «Barselona» va «PSJ» sobiq hujumchisi Neymar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Neymarni bugungi kundagi eng iqtidorli braziliyalik futbolchi deb hisoblayman. U JCH-2026 uchun kerakmi? Neymar o‘z harakatlari bilan istalgan vaqtda o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishga qodir. O‘ylaymanki, u mundialda terma jamoaga juda asqotadi. Agar "Ney" o‘zining eng yaxshi formasida bo‘lsa, u braziliyaliklar ichida eng zo‘ridir», — deya xavbekning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.

Eslatib o‘tamiz, Neymar hozirda Braziliyaning «Santos» klubi a’zosi hisoblanadi. Joriy mavsumda u jamoa safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:24, 25.03.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик