Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Barselona” APL klubi hujumchisining agenti bilan bog‘landi — manba

“Barselona” APL klubi hujumchisining agenti bilan bog‘landi — manba

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi markaziy hujumchisi Joao Pedro “Barselona” qiziqishlari doirasiga tushdi. Taniqli jurnalist Saymon Fillipsning xabar berishiga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktoru Deku 24 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilgan.

Unga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati braziliyalik futbolchini Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Kataloniyaliklar uchun asosiy nishon hamon “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib turibdi, Pedro esa unga asosiy muqobil sifatida ko‘rilmoqda. Biroq, hujumchining o‘zi “Stemford Bridj”ni tark etish niyati yo‘qligini va bor e’tiborini London klubiga qaratganini aniq ma’lum qildi.

Joao Pedro o‘tgan yozdan buyon “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u barcha musobaqalar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Hujumchining londonliklar bilan shartnomasi 2033-yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik forvardning ayni damdagi bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:27, 25.03.2026.
O'qildi: 1411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик