Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lindelyof: «Bu Jahon chempionati — mening oxirgi imkoniyatim»

Lindelyof: «Bu Jahon chempionati — mening oxirgi imkoniyatim»

Baho:
+ | -

«Aston Villa» himoyachisi va Shvesiya terma jamoasi vakili Viktor Lindelyof JCH-2026 yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yinlari (pley-off) boshlanishi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Shvesiya va Ukraina o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 26 mart kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadi.

«Bu Jahon chempionati — mening eng so‘nggi imkoniyatim. Agar oradan to‘rt yil o‘tib ham men milliy jamoada bo‘lsam, demak, bu Shvesiya futboli uchun unchalik yaxshi belgi emas», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Ushbu juftlik g‘olibi 31 mart kuni hal qiluvchi bahsda Polsha yoki Albaniya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Lindelyof 2016 va 2020 yilgi Yevropa chempionatlarida, shuningdek, 2018 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan. 31 yoshli futbolchi terma jamoa safida jami 73 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 05:28, 26.03.2026.
O'qildi: 286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик