Kirish Ro'yxatdan o'tish

Roberto De Dzerbi "Milan" himoyachisini "Tottenxem"ga olib kelmoqchi

Roberto De Dzerbi "Milan" himoyachisini "Tottenxem"ga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi himoyachisi, ekvadorlik Pervis Estupinyan yaqin kelajakda Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Unga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda.

«Shporlar»ni katta ehtimol bilan italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbi boshqaradi va aynan u futbolchini jamoaga taklif qilish istagida. Yaqindagina Estupinyan Milan derbisida «Inter» darvozasiga muhim gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan edi.

Ta’kidlash joizki, De Dzerbi avvalroq Angliyaning boshqa bir klubi — «Brayton»da Estupinyan bilan birga ishlagan. Shu sababli u futbolchining imkoniyatlari bilan yaqindan tanish va uni «Tottenxem»ni kuchaytira oladigan o‘yinchi deb hisoblaydi.

Kiritildi: 08:27, 26.03.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик