Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiroga ikkita "jiddiy" da’vogar aniqlandi

Kazemiroga ikkita "jiddiy" da’vogar aniqlandi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.

Braziliyalik futbolchik o‘zining tez orada jamoadan ketishini hali yanvar oyidayoq e’lon qilgan edi — uning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi muddati uzaytirilmaydigan bo‘ldi. Jurnalist Tom Bogertning ma’lumotiga ko‘ra, 34 yoshli futbolchiga MLSning ikki vakili — «Inter Mayami» va «Los-Andjeles Gelaksi» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘z rejalari esa hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Kazemiro 2022 yil yozidan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda tajribali xavbek mankunianliklar safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:38, 26.03.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик