Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ayollar o‘rtasidagi YECHL. "Barselona" Madridda "Real"ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi (Videosharh)

Ayollar o‘rtasidagi YECHL. "Barselona" Madridda "Real"ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi (Videosharh)

Baho:
+3 | -

Ayollar o‘rtasidagi UYEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida «Real Madrid» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Madridda o‘tgan bahs «ko‘k-anorranglilar»ning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Barselona» ayollar jamoasi uchrashuvning har ikkala taymini bir xil — 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Aleksiya Putelyas e’tirof etildi. Ushbu futbolchi o‘z faoliyati davomida ikki bor — 2021 va 2022 yillarda «Oltin to‘p» sohibasiga aylangan.

«Real» va «Barselona» ayollar jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini yaqin kunlarda, ya’ni 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yindagi bunday yirik natijadan so‘ng, keyingi bosqich masalasida deyarli intriga qolmadi deyish mumkin.

Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi. Chorak final
26.03.2026 | Madrid
«Alfredo di Stefano» stadioni

«REAL MADRID» — «BARSELONA» — 2:6
Gollar: Eva Payor 6 (0:1), Esme Brugts 13 (0:2), Linda Kaysedo 30 (1:2), Iren Paredes 32 (1:3), Eva Payor 57 (1:4), Viki Lopes 64 (1:5), Linda Kaysedo 66 (2:5), Aleksiya Putelyas 89 (2:6).

«Real Madrid»: Mariya Rodriges, Mariya Mendes, Mael Lyakrar, Zara Debris (Irune Dorado, 65), Kerolayn Uir (Lotte Keukelaar, 65), Filippa Angeldal, Sara Xolmgor, Atenea Del Kastilyo (Iris Santyago, 85), Linda Kaysedo, Eva Mariya Navarro, Naomi Feller (Sandi Toletti, 65).

«Barselona»: Katalina Koll, Iren Paredes, Ona BatlYE, Aicha Kamara (Sidni Shertenlyayb, 74), Esme Brugts, Aleksiya Putelyas, Patri Guyyarro, Klara Serrajordi (Karolin Xansen, 60), Viki Lopes (Mariya Leon, 74), Klaudiya Pina, Eva Payor (Salma Paralyuelo, 67).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:48, 26.03.2026.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик