Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro «Manchester Yunayted»dan keyin qayerda o‘ynashni istashi ma’lum bo‘ldi

Kazemiro «Manchester Yunayted»dan keyin qayerda o‘ynashni istashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ni tark etishi kutilayotgan braziliyalik tayanch yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli xavbek Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan biriga o‘tishga tayyor. Agar Kazemiro o‘ziga mos variant topa olmasa, u holda AQSH (MLS) yoki Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin. Ushbu mamlakat klublari yulduz futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik futbolchining «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi. Yarim himoyachi 2022 yilning yozidan buyon mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 12:35, 26.03.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик