Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» himoya chizig‘ini «Atletiko» futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

«Inter» himoya chizig‘ini «Atletiko» futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Atletiko» himoyachisi Xose Ximenes faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

FcInterNews.it nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, urugvaylik futbolchining transferiga «Inter» qiziqish bildirmoqda. 31 yoshli futbolchining yaqinlari Milan klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishdan xabardor va «Inter»ni Yevropaning yetakchi klublaridan biri deb hisoblashadi. Ximenesning kelajagi borasidagi muzokaralar, katta ehtimol bilan, Jahon chempionati yakunlanganidan keyin bo‘lib o‘tadi.

Xose Ximenes 2013 yilda «Danubio»dan «Atletiko» safiga bir million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «matraschilar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Madrid klubi tarkibida barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:55, 26.03.2026.
O'qildi: 359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик