Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano: «Rodrining «Real» haqidagi bayonoti — transfer uchun muhim qadam»

Fabrisio Romano: «Rodrining «Real» haqidagi bayonoti — transfer uchun muhim qadam»

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romano «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining Madridning «Real» klubi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi kelajakda «qirollik klubi»ga o‘tishga mutlaqo qarshi emasligini tan oldi.

«Yaqin kunlarda men sizga Rodri va «Real» haqida — muzokaralar va boshqa tafsilotlar borasida ko‘proq ma’lumot beraman. Florentino Peres uni juda qadrlaydi va jamoaga ispaniyalik futbolchilarni qo‘shishni istaydi.

Bu Rodri tomonidan berilgan muhim bayonot. Uning Vinisius haqidagi so‘zlari ham juda ahamiyatli», — dedi Romano.

Rodrining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, uning transfer qiymati esa Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra 65 million yevroni tashkil etadi. Iyun oyida futbolchi 30 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 13:57, 26.03.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик