«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer London klubi tarkibidagi eng asosiy hazilkash kim degan savolga javob berdi.
"Chelsi"dagi eng katta hazilkashmi? Mark Kukurelya. Uning nimasi bunchalik kulgili ekanini bilmayman, lekin u shunchaki quvnoq inson", — deya Palmerning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.
Mark Kukurelya 2022 yilda «Brayton»dan 65 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Ispaniyalik futbolchining «ko‘klar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kukurelyaning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













