Matbuotda hujumchi Dushan Vlaxovichning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Transfer News Live nashrining La Gazzetta dello Sport’ga tayanib xabar berishicha, «Yuventus» Vlaxovich bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Vlaxovichning «Yuventus» bilan amaldagi mehnat shartnomasi atigi uch oydan keyin — iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Voqealar rivoji 26 yoshli serbiyalik futbolchi Turinning top-klubidagi faoliyatini davom ettirishiga qarab bormoqda.
Dushan Vlaxovich 2022 yil yanvar oyi oxirida «Fiorentina»dan «Yuventus»ga o‘tgan edi. O‘shandan beri hujumchi 163 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 64 ta gol va 16 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Hozirda «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.













