Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superkompyuter yangi Angliya chempionini aniqladi

Superkompyuter yangi Angliya chempionini aniqladi

Baho:
+ | -

Opta mutaxassislari Angliya Premyer-ligasi turnir jadvali bo‘yicha superkompyuterning yangi hisob-kitoblarini e’lon qilishdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Arsenal»ning Angliya chempioni bo‘lishi deyarli aniq. Mikel Arteta jamoasining titulni qo‘lga kiritish imkoniyati 97,7% ni tashkil etmoqda. «Manchester Siti»ning imkoniyatlari esa juda past — bor-yo‘g‘i 2,3%.

«Arsenal» so‘nggi 22 yil ichida ilk bor Angliya chempioni bo‘lishi mumkin. Oxirgi marta «kanonirlar» Premyer-liga oltin medallarini 2003/2004 yilgi mavsumda qo‘lga kiritishgan edi. O‘shanda «Arsenal» 38 turdan iborat butun masofani birorta ham mag‘lubiyatsiz bosib o‘tgan.

Hozirda «Arsenal» APLda peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti»ni to‘qqiz ochkoga ortda qoldirmoqda. Shu bilan birga, «shaharliklar» hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.

Kiritildi: 21:55, 26.03.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик