Kirish Ro'yxatdan o'tish

Garnacho jazolandi

Garnacho jazolandi

Baho:
+ | -

«Chelsi» vingeri Alexandro Garnacho yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jazolandi.

O‘tgan yilning yozida videokuzatuv kamerasi Audi RS3 boshqaruvida bo‘lgan futbolchi 40 mil/soat cheklov o‘rnatilgan hududda 50 mil/soat tezlikda harakatlanganini qayd etgan. Ushbu hodisa 26 avgust kuni — argentinalik futbolchining «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga o‘tishidan bir necha kun oldin sodir bo‘lgan.

Liverpul magistrat sudida Garnacho o‘z advokatlari orqali tezlikni oshirganini tan oldi va uzr so‘radi. Tinchlik sudyasi Jeyn Xeyns futbolchiga 660 funt sterling miqdorida jarima soldi va 120 funt sud xarajatlarini to‘lash majburiyatini yukladi. Shuningdek, futbolchining haydovchilik guvohnomasiga uchta jarima balli yozildi.

Kiritildi: 22:49, 26.03.2026.
O'qildi: 328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик