Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026 saralashi. Italiya Shimoliy Irlandiyaga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

JCH-2026 saralashi. Italiya Shimoliy Irlandiyaga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralashining yarim final bosqichida Shimoliy Irlandiya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Bergamodagi «Nyu Belans Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida yarim himoyachi Sandro Tonali kuchli zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada aynan uning uzatmasidan so‘ng Moyze Kin gol urib, jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.

Endi Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechadigan hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gersegovina jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bosniyaliklar o‘z navbatida Uelsni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi.

JCH-2026 saralashi. Yevropa. Pley-off. Yarim final
27.03.2026 | 00:45
«Atleti Adzurri d’Italiya», Bergamo

ITALIYA — SHIMOLIY IRLANDIYA — 2:0
Gollar: Sandro Tonali 56 (1:0), Moyze Kin 80 (2:0).

Italiya: Donnarumma, Bastoni (Gatti, 63), Kalafyori, Manchini, Lokatelli, Tonali (Palestra, 83), Barella, Dimarko, Politano (Pizilli, 83), Retegi (Espozito, 63), Kin (Raspadori, 88).

Shimoliy Irlandiya: P. Charlz, Xyum, Makkonvill, Makneyr, Spenser (Magennis, 79), Devlin (Smit, 68), Gelbreyt, SH. Charlz, Prays (Marshall, 83), Devenni, Donli (Rid, 79).

Ogohlantirish: Bastoni (58).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:51, 27.03.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик