Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gattuzo: «Italiya g‘alaba qozonishi shart — bizda boshqa yo‘l yo‘q»

Gattuzo: «Italiya g‘alaba qozonishi shart — bizda boshqa yo‘l yo‘q»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo JCH–2026 saralashining yarim final bosqichida Shimoliy Irlandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Gol urganimizdan so‘ng biz erkinroq harakat qila boshladik. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ushbu natija seshanba kungi bahs oldidan bizga ishonch bag‘ishlashi kerak. Italiya terma jamoasi doimo ijobiy kayfiyatda bo‘lishi lozim. Biz g‘alaba qozonishimiz shart — boshqa choramiz yo‘q», — deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Pley-off bosqichining finalida Italiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovina bilan to‘qnash keladi. Ushbu hal qiluvchi bahs 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 06:15, 27.03.2026.
O'qildi: 173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик