«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya haqidagi hayajonli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Italiyalik mutaxassis joriy yilning 1 yanvarida «ko‘klar» boshqaruvidan bo‘shatilgan edi. U ushbu lavozimda bir yarim yil davomida faoliyat yuritdi.
«Men Kukurelyani yaxshi ko‘raman. Menimcha, bunday futbolchi har qanday murabbiyning orzusidir. U ajoyib yigit, kamtar, har kuni ter to‘kib ishlaydi va doimo g‘alaba qozonishni istaydi. Muhimi, u o‘z to‘purarlik salohiyatini ham namoyon eta oldi — avvallari bu borada ajralib turmagan bo‘lsa-da, yetti-sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Unga eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman, u bunga loyiq», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi Angliya OAVlari.
Eslatib o‘tamiz, London grandining yangi ustozi etib Liam Rosinyor tayinlangan.













