Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe va Peres o‘rtasidagi keskin suhbat: Hujumchi klub shifokorlaridan voz kechdi

Mbappe va Peres o‘rtasidagi keskin suhbat: Hujumchi klub shifokorlaridan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» yulduzi Kilian Mbappe va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasida kechgan telefon suhbati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, fransiyalik hujumchi mart oyi boshida bo‘lib o‘tgan ushbu suhbatda «qirollik klubi» shifokorlari xizmatidan voz kechishini ma’lum qilgan.

Bunga asosiy sabab sifatida Mbappening klub tibbiy shtabiga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgani ko‘rsatilmoqda. Avvalroq OAVda madridliklar shifokorlari futbolchining chap tizzasidagi jarohatni tekshirish o‘rniga, xatolik bilan sog‘lom bo‘lgan o‘ng tizzasini MRT qilgani haqida shov-shuvli xabarlar tarqalgan edi. Garchi Mbappening o‘zi yaqinda bergan intervyusida «noto‘g‘ri tizza» haqidagi gaplarni rad etgan bo‘lsa-da, uning klub tibbiy xodimlaridan norozi ekani va bundan buyon "PSJ"dagi sobiq shifokori Kristof Bodo nazoratida davolanishni istayotgani aytilmoqda.

Mbappe Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:40, 27.03.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик