Sobiq "Arsenal" futbolchisi Aleks Oksleyd-CHemberleyn Mikel Arteta haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Mikel doimo bosh murabbiy bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin bizga suhbatning mag‘zini chaqib berardi. Chunki Venger eski maktab vakili va yoshi ulug‘ inson edi. Ba’zan biz uni tushunmay qolardik. O‘sha paytdayoq uning murabbiylik salohiyati ko‘zga tashlana boshlagan. Uning har bir detalga alohida e’tibor berish men qoyil qoldiradi. Umid qilamanki, bu mavsum biznini ("Arsenal"niki) bo‘ladi".
Chemberleyn Arteta bilan "Arsenal" safiga 2011 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi va besh yil bir jamoada harakat qildi.













