Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Marca: "Real" Pedrini sotib olishni istaydi

Marca: "Real" Pedrini sotib olishni istaydi

Baho:
+-1 | -

Madridning «Real» klubi «Barselona» yetakchilaridan biri — yarim himoyachi Pedriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Radio MARCA efiridagi La Tribu ko‘rsatuvida jurnalist Roberto Gomesning ta’kidlashicha, aynan Pedri klub prezidenti Florentino Peres madridliklar tarkibida ko‘rishni istagan futbolchi hisoblanadi.

«Madridning «Real» klubi va shaxsan uning prezidenti sotib olishni xohlaydigan o‘yinchi — bu yarim himoyachi... va uning ismi Pedri», — dedi Gomes jonli efirda.

Ushbu bayonotdan so‘ng studiyada ehtimoliy transfer borasida qizg‘in bahs avj oldi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Raul Varela futbolchining kataloniyaliklar safidagi maqomi va ikki grand o‘rtasidagi azaliy raqobatni inobatga olsa, bunday o‘tishning amalga oshish ehtimoli juda past ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, efir davomida «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri transferlar tarixi yodga olindi. Ular orasida Bernd Shuster, Mikel Soler, Luis Milya va o‘z vaqtida jahon futbolida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Luish Figuning transferlari alohida ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, Madrid klubi yarim himoyani yangilash jarayonida markaz uchun sifatli kuchaytirish qidirishda davom etmoqda. Biroq Pedrining transferi hozircha amalga oshishi mumkin bo‘lgan kelishuvdan ko‘ra ko‘proq «orzu» bo‘lib ko‘rinmoqda.

Joriy mavsumda Pedri «Barselona»ning asosiy o‘yinchisi va klub loyihasining muhim qismi bo‘lib qolmoqda. U kataloniyaliklar safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 19:06, 27.03.2026.
O'qildi: 4525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик