Kirish Ro'yxatdan o'tish

Federiko Valverdening 90+4-daqiqadagi goli Urugvayni Angliyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutqardi (videosharh)

Federiko Valverdening 90+4-daqiqadagi goli Urugvayni Angliyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutqardi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. London shahridagi «Uembli» stadionida kechgan bahsni germaniyalik hakam Sven Yablonski boshqardi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

81-daqiqada Angliya himoyachisi Ben Uayt hisobni ochdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida, aniqrog‘i 90+4-daqiqada Urugvay yarim himoyachisi Federiko Valverde javob golini kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi.

Har ikki jamoa ham 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Angliya L guruhida Xorvatiya, Gana va Panamaga qarshi maydonga tushadi. Urugvay esa H guruhida Ispaniya, Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
27 mart 2026 yil, juma.
Angliya — Urugvay - 1:1
Gollar: 1:0 — Uayt (81), 1:1 — Valverde (90+4)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:03, 28.03.2026.
O'qildi: 539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик