Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Mile Svilar FIFA qoidalari sababli terma jamoasiz qolib ketishi mumkin

Mile Svilar FIFA qoidalari sababli terma jamoasiz qolib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiyaning «Roma» klubi darvozaboni Mile Svilar kelib chiqishiga ko‘ra serb bo‘lsa-da, Belgiyada tug‘ilgan. O‘z vaqtida, 2021 yilning sentyabr oyida u otasi Ratkoning ta’siri ostida Serbiyani tanlagan va ushbu Bolqon mamlakati terma jamoasi safida bir taym o‘ynashga ham ulgurgan edi. Biroq keyinchalik u Belgiya sharafini himoya qilishni afzal ko‘rishini e’lon qildi.

Ammo FIFA bu ishga aralashib, hozircha Svilarning belgiyaliklar safida maydonga tushishiga ruxsat bermayapti. Serblar ham uning bunday munosabatidan xafa bo‘lib, Svilarni terma jamoaga chaqirishdan bosh tortishdi. Reglamentga ko‘ra, ma’lum shartlar asosida terma jamoani o‘zgartirish mumkin. Ulardan biri — futbolchi avvalgi terma jamoasida o‘ynagan vaqtida 21 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.

Boshqa shartlar ham mavjud, biroq Svilar aynan shu qoidani buzgan. U Qatar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida serblar safida bir taym o‘ynagan vaqtida 22 yoshda edi — e’tiborlisi, u tug‘ilgan kunini o‘yindan atigi to‘rt kun oldin nishonlagan edi. Endi esa mana shu kichik farq unga juda qimmatga tushishi mumkin.

Kiritildi: 12:59, 28.03.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик