Madridning «Real» va Londonning «Chelsi» klublari sobiq yarim himoyachisi Eden Azar, 2023 yilda professional faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, hanuz yaxshi jismoniy holatda ekanini namoyon etmoqda.
28 mart kuni 35 yoshli belgiyalik Mayorkada bo‘lib o‘tgan Yevropadagi eng nufuzli havaskor velopoygalardan biri — Mallorca 312 musobaqasida ishtirok etdi.
Azar Serra-de-Tramontana tog‘ tizmalari orqali o‘tuvchi murakkab yo‘nalishda 167 kilometr masofani bosib o‘tdi.













