Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Real” Rodrini sotib olmaydi, asosiy maqsad — “PSJ” yetakchilari

“Real” Rodrini sotib olmaydi, asosiy maqsad — “PSJ” yetakchilari

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri bilan shartnoma imzolamaydi. Bu haqda Madrid Universal nashri xabar berdi.

Avvalroq, ispaniyalik futbolchining o‘zi “qaymoqranglilar” taklifini rad etib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi. Biroq, Rodri “qirollik klubi” qidirayotgan o‘yinchi talablariga mos kelmaydi. Kelayotgan yozda Rodri 30 yoshga to‘ladi, “shaharliklar” esa uni 60 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Shuningdek, ispaniyalik futbolchi uning “qirollik klubi”ga transferi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

“Men bunday holatlarga o‘rganib qolganman. Agar 50 daqiqalik intervyudan istalgan joyini qirqib olishsa, menda bunga aytiladigan gap yo‘q. Men bor gapni gapiradigan insonman. Agar kimdir xohlasa, intervyuni faqat ayrim qismlarini emas, balki to‘liq holda ko‘rishi mumkin”, deydi Rodri.

“Sport.es” bergan ma’lumotga ko‘ra, “Real” tahlilchilari jamoa uchun “PSJ” yarim himoyachisi Vitinya ko‘proq mos keladi, deb hisoblamoqda. Ammo portugaliyalik futbolchi Parij klubini tark etishni rejalashtirmagan. Buning ustiga, Fransiya grandi uning transferi uchun kamida 100 million yevro talab qilishi mumkin.

Shuningdek, “qaymoqranglilar” rahbariyati hozirda “PSJ” sharafini himoya qilayotgan qanot himoyachisi Ashraf Hakimini ortga qaytarishga urinmoqda. Biroq, Vitinya bilan bog‘liq vaziyat kabi, parijliklar ushbu futbolchini ham sotish niyatida emas.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:24, 28.03.2026.
O'qildi: 574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик