Kirish Ro'yxatdan o'tish

Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz Meksikani mag‘lub eta olmadi (videosharh)

Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz Meksikani mag‘lub eta olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

29 mart tongida Meksika va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuv Meksika poytaxti Mexikodagi «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tdi va 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi.

Avvalroq portugaliyaliklar yetakchisi, yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu son orqa mushagi jarohati sabab Meksika va AQSHga qarshi o‘yinlar uchun jamoa tarkibiga kiritilmagani xabar qilingan edi.

2026 yilgi jahon chempionatida Meksika A guruhida Janubiy Afrika, Janubiy Koreya va Yevropa saralash bosqichidagi pley-off g‘olibi (Daniya — Chexiya juftligi) bilan o‘ynaydi. Portugaliya esa guruh bosqichida O‘zbekiston, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off hal qiluvchi bosqichi g‘olibi (DR Kongo — Yamayka) bilan kuch sinashadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
29 mart, yakshanba. 06:00
Meksika — Portugaliya — 0:0

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:10, 29.03.2026.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик