Kirish Ro'yxatdan o'tish

UYEFA yana bir klubni yirik miqdorda jarimaga tortdi

UYEFA yana bir klubni yirik miqdorda jarimaga tortdi

Baho:
+ | -

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Serbiyaning “Srvena Zvezda” klubini Yevropa Ligasi doirasidagi Fransiyaning “Lill” jamoasiga qarshi o‘yinda tribunalarda avliyo tasviri aks etgan bannerlar uchun jazolashga qaror qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Avliyo portreti muxlislarning sinxron aksiyasi natijasida hosil qilingan. Tasvir ostiga esa “E’tiqodimiz bizni g‘alaba sari yetaklasin” degan jumla yozilgan. UYEFA ushbu aksiyani “sport tadbiri uchun nomunosib” deb topdi va klubni “futbol hamda UYEFA nufuziga putur yetkazish”da ayblab, 40 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Umumiy hisobda, “Srvena Zvezda” mazkur uchrashuvdan so‘ng muxlislarining xulq-atvori uchun jami 95,5 ming yevro jarima to‘laydigan bo‘ldi. Xususan, ishqibozlar maydonga turli buyumlar uloqtirishgan va fayerlar yoqqan.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Belgradda bo‘lib o‘tgan uchrashuv “Srvena Zvezda”ning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan edi. Pley-off bosqichining dastlabki o‘yinida jamoa safarda “Lill” ustidan 1:0 hisobda g‘alaba qozongan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Fransiya jamoasi turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Avvalroq, tashkilot Chempionlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan pley-off bosqichi dastlabki uchrashuvida muxlislar tomonidan irqchilik va kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etilgani uchun “Benfika”kani 40 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan edi. Bundan tashqari, klub UYEFA nazoratidagi navbatdagi uy uchrashuvi uchun 500 dona chipta sotish huquqidan mahrum etilgan. Muxlislar tomonidan lazer ko‘rsatkichidan foydalanilgani uchun esa klub yana 8 ming yevro jarima to‘lshi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:56, 29.03.2026.
O'qildi: 323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик