Kirish Ro'yxatdan o'tish

Villian «Chelsi»dan ketish sababi va «Arsenal»ga o‘tishi haqida gapirdi

Villian «Chelsi»dan ketish sababi va «Arsenal»ga o‘tishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Villian 2020 yilda nima sababdan «Arsenal»ga o‘tishga qaror qilgani haqida so‘zlab berdi.

«Men uch yillik shartnoma olmoqchi edim, «Chelsi» esa menga faqat ikki yillik kelishuv taklif qildi, shu sababli yakunda shartnomani uzaytirmadim. Ushbu muzokaralar davomida «Arsenal» menga qiziqish bildira boshladi. Ko‘pchilik, jumladan, oila a’zolarim ham «Chelsi»dan hech qachon ketmasligim kerak bo‘lganini aytishadi», — deya Villianning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ChelseaChronicle.

Villian «Chelsi» sharafini 2013 yildan 2020 yilgacha himoya qilgan. «Ko‘klar» tarkibida braziliyalik futbolchi ikki marta Angliya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Angliya Kubogi, Liga Kubogi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 12:43, 29.03.2026.
O'qildi: 202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик