Belgradning «Partizan» klubi 19 yoshli hujumchisi Andrey Kostich Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Luka Maninetti ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, hujumchining yangi ish joyi «Milan» bo‘ladi. «Rossoneri» muzokaralar o‘tkazdi va istiqbolli futbolchining transferini kelishib oldi. Kostichning o‘tishi uchun Milan klubi Belgrad tomoniga uch million yevro to‘laydi.
Serbiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













