Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Duglas Kosta: "U "Yuventus" uchun juda katta yordam bo‘lgan bo‘lardi"

Duglas Kosta: "U "Yuventus" uchun juda katta yordam bo‘lgan bo‘lardi"

Baho:
+ | -

Hozirda D Seriya'da «Kyevo» sharafini himoya qilayotgan vinger Duglas Kosta «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalroq, polshalik futbolchining xizmatlariga «Yuventus» qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

«Robert turli uslublarda gol uradi. U «Yuventus» uchun juda katta yordam bo‘lgan bo‘lardi. Men unga faoliyatining yakuniga qadar shu oq-qora libosni kiyishni maslahat bergan bo‘lardim. U har qanday vaziyatdan gol ura oladi va buni hali ko‘p yillar davom ettiradi», — deya Kostaning so‘zlarini Tuttosport nashri keltirmoqda.

37 yoshli Levandovskining Kataloniya grandi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:37, 31.03.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик