Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Musiala "Barselona"ga o‘tishni orzu qilmoqda

Musiala "Barselona"ga o‘tishni orzu qilmoqda

Baho:
+1 | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala kelajakda faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchining uzoq muddatli orzusi — "Barselona" safida to‘p surishdir.

Agar "ko‘k-anorranglilar" unga taklif bilan chiqishsa, xavbek Kataloniya klubiga o‘tishga rozi bo‘lardi.

Jamal Musiala 2019 yilda "Chelsi"dan "Bavariya"ga bor-yo‘g‘i 200 ming yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi Myunxen klubi safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi jarohati sababli joriy mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 21:47, 31.03.2026.
O'qildi: 4616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик