Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Joan Garsiya: «Bolalikdagi orzum amalga oshdi»

Joan Garsiya: «Bolalikdagi orzum amalga oshdi»

Baho:
+ | -

Joan Garsiya ilk bor Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tushdi. «Barselona»ning 24 yoshli darvozaboni Misrga qarshi kechgan va golsiz durang bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo‘limida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

«Tanaffus paytida mendan chigal yozdi mashqlarini boshlashni so‘rashdi — o‘sha lahzada debyutim yaqinligini his qildim, lekin bunga to‘liq ishonish uchun maydonga tushish kerak edi. Ta’riflab bo‘lmas tuyg‘ular. Terma jamoada o‘ynash — bolalikdan beri orzu qilgan narsam edi va mana, bu orzu amalga oshdi. Men buning uchun yillar davomida mehnat qildim va hozir juda faxrlanaman», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

E’tiborli jihati shundaki, darvozabonning terma jamoadagi debyuti «Espanyol» stadionida yuz berdi. Bu jamoa uning qadrdon klubi hisoblanib, Garsiya o‘tgan yilning yozida ashaddiy raqib — «Barselona» safiga o‘tgan edi.

Kiritildi: 13:05, 01.04.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик