Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Skalonidan qat’iy ogohlantirish: «Terma jamoada hech kimga joy kafolatlanmagan»

Skalonidan qat’iy ogohlantirish: «Terma jamoada hech kimga joy kafolatlanmagan»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘z shogirdlarining bo‘shashishiga aslo yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.

«Albiseleste» o‘rtoqlik uchrashuvida Zambiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (5:0). Bahs yakunlangach, amaldagi jahon chempionlari ustozi to‘g‘ri ruhiy tayyorgarlik naqadar muhimligini eslatib o‘tdi.

«Bizga juda ko‘p narsa bergan futbolchilar bor, ammo ular shu ruhda davom etishlari kerak. Terma jamoada o‘ynash uchun yuz foiz tayyor bo‘lish talab etiladi. Bu yerda bo‘shashishga va tarkibdan joy kafolatlangan deb o‘ylashga haqqingiz yo‘q. Mavritaniya bilan o‘yinda sodir bo‘lgan voqea boshqa qaytarilmasligi kerak. Siz yaxshi yoki yomon o‘ynashingiz mumkin, lekin ayrim narsalarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Futbolchilar o‘zaro gaplashib olishdi va hammasini tushunishdi. Bugungi ishtirokdan ko‘nglim to‘ldi», — deya Skalonining so‘zlarini keltirmoqda AlbicelesteTalk.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida argentinaliklar Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 13:28, 01.04.2026.
O'qildi: 244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик