Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Liverpul" "Barselona"ni qiziqtirayotgan "Tottenxem" himoyachisini sotib olishi mumkin

"Liverpul" "Barselona"ni qiziqtirayotgan "Tottenxem" himoyachisini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Tottenxem Xotspur" himoyachisi, hozirda ijara asosida "Gamburg"da to‘p surayotgan Luka Vushkovich "Liverpul" e’tiboriga tushdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Mersisaydliklar joriy mavsum yakunida futbolchini sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqdalar. "Barselona" va "Chelsi" ham o‘yinchining chiqishlarini kuzatib borishmoqda — ushbu jamoalarning istalgan biri uchun Vushkovichning sotib olinishi uzoq muddatli sarmoyaga aylanishi mumkin. Qayd etilishicha, "qizillar" moliyaviy jihatdan ushbu transferni amalga oshirishga qodir, biroq hozircha klub bu yo‘nalishda aniq qadamlar tashlaydimi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Joriy klub mavsumidagi 26 ta o‘yinda Vushkovich 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining hozirgi bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:26, 01.04.2026.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик