"Benfika" vingeri Janluka Prestianni Vinisius Junior ishtirokidagi irqchilik mojarosi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Onam, otam, bobom va buvim haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘plab gaplarni eshitishga majbur bo‘layotgani haqida o‘yladim. Men futbolchiman va odamlar turli gaplar gapirishiga o‘rganib qolganman, lekin bu mutlaqo boshqa narsa.
Men hech qachon qilmagan ishda ayblanishganida juda og‘rindim, eng yomoni ham shu edi. Men juda xotirjamman, chunki meni taniydiganlar qanday inson ekanligimni bilishadi va menga shuning o‘zi kifoya. Meni hech qanday dalillarsiz jazolashdi, lekin endi hammasi o‘tmishda qoldi", — dedi Prestianni.













