Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Runi Sakaning muammolari haqida gapirdi

Runi Sakaning muammolari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq hujumchisi Ueyn Runi Bukayo Sakaning muammolari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Londonning «Arsenal» klubi vingeri joriy mavsumdagi o‘yini u qadar yorqin chiqmayotgani sababli tez-tez tanqidlarga uchramoqda.

«Sakaga juda katta bosim o‘tkazilayotganini hisobga olish kerak. Edegor yo‘qligi sababli u mavsumning katta qismida sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushmoqda. «Arsenal»ning turnir jadvalidagi holatini inobatga olsak, sovrinlarni qo‘lga kiritish zarurligi bilan bog‘liq kuchlanish tobora ortib borishi mumkin va bu qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Joriy mavsumda Bukayoda hamma narsa ham ko‘ngildagidek chiqmayapti, lekin u fantastik futbolchi. Uning salohiyati qanday ekanligini hammamiz tushunib turibmiz», — dedi Runi BBC podkastida.

Mikel Arteta shogirdlari Premyer-liga turnir jadvalida 70 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»ni (61 ochko) ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 12:05, 02.04.2026.
O'qildi: 431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик